Joriy yilning 26-yanvar kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida agrar sohada xalqaro shartnomalarning samaradorligini ta’minlash va ijro intizomi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda vazir o‘rinbosarlari, departament va boshqarma boshliqlari, mutasaddi xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida vazirlik mutasaddilari tomonidan agrar sohada erishilgan kelishuvlar va Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasiga xizmat safari chog‘ida tuzilgan shartnomalarning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar, shuningdek, ijro intizomi masalalari xususida so‘z yuritildi.
Vazir Ibrohim Abdurahmonov o‘z navbatida, Germaniyada o‘tkazilayotgan “Yashil haftalik- 2024” xalqaro ko‘rgazmasida ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan istiqbolli kelishuvlar, xalqaro ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan “O‘zbekiston” pavilyoni ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otganini qayd etdi.
Yig‘ilish davomida mas’ul rahbarlarga mazkur loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun eng avvalo, “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish va vazirlik huzurida alohida Xitoy Xalq Respublikasi bilan agrar sohadagi hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi boshqarma tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, “Ijro.gov.uz” tizimida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar ijro holati ham muhokama etildi.
Yig‘ilish so‘ngida har bir rahbar va xodim zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his qilishi, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga jiddiy yondashishi, belgilangan me’yorlarga qat’iy rioya qilishi yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: