- Dasturning maqsadli guruhlari, shu jumladan ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlar va mikrokredit tashkilotlari uchun o‘rta va uzoq muddatli kreditlarning barqaror taʼminotini oshirish;
- Korxonalarning bozor integratsiyasini kuchaytirish va dasturning muhim tarmoqlarida (kichik va o‘rta biznes, ishlab chiqarish, qayta ishlash. Qishloq xo‘jaligi bilan chegaralanmagan) qiymat zanjirlarini mustahkamlash;
- Kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi moliyaviy tashkilotlar vakolatlarini shakllantirishda ko‘maklashish va Dasturning oxirgi benefitsiarlarining moliyaviy savodxonligi va tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish (grant mablag‘lari hisobidan).
QXV / Markaz 3,0 mln. yevro grant mablag‘larini dastur doirasida Konsultant tomonidan amalga oshiriladigan xizmatlarni moliyalashtirish uchun ajratadi («Qo‘shimcha chora-tadbirlar» komponenti).
«Qo‘shimcha chora-tadbirlar» komponentini amalga oshirish uchun KfW tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan dastlabki tanlov va xalqaro ochiq tender asosida mustaqil malakali Konsultant jalb qilingan.
Shuningdek, loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda amalga oshirilishi (Germaniya taraqqiyot banki shartlariga asosan Toshkent shahridan tashqari), hamda kredit mablag‘lari qishloq hududlarida joylashgan tashabbuskorlarning iqtisodiyotning barcha sohalari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi subloyihalarini moliyalashtirish uchun taqdim etiladi.
Tijorat banklari tomonidan loyiha tashabbuskorlariga kredit mablag‘larni quyidagi shartlar asosida ajratilishi rejalashtirilgan:
– Tijorat banklari tomonidan loyiha tashabbuskorlariga kredit mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi valyutasida ajratiladi va kredit mablag‘larining foiz stavkalari tijorat banklarining ichki siyosatidan kelib chiqqan, hamda loyiha tashabbuskorlari bilan kelishilgan holda belgilanadi;
– Kredit mablag‘lari loyiha tashabbuskorlariga 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga 400 ming Yevro ekvivalentiga teng bo‘lgan miqdorgacha ajratiladi.
Joriy yil yakuniga qadar “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida kredit mablag‘laridan “Ipak Yuli bank” ATB, “Hamkorbank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB tijorat banklari orqali foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: