O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari tobora rivojlanib borayotgani, barcha sohalar qatorida agrar ta’lim yo‘nalishida ham istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatli.
Bunda, Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi” doirasida ham muhim uchrashuvlar amalga oshirilgani bunga misol bo‘la oladi.
Jumladan, O‘zbekiston-Xitoy oliy ta’lim forumi doirasida Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi a’zolari Anxoy universitetiga tashrifi ham samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda debocha vazifasini o‘tagani bor gap.
Anxoy universiteti 170 gektar maydonni o‘z ichiga olgan bo‘lib, har bir fakultet o‘zgacha ko‘rinish va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Xitoydagi eng yirik oliygohlardan hisoblangan mazkur universitet 35 ming nafardan ortiq talabalar hamda 2 ming nafar professor-o‘qituvchilarni o‘z bag‘riga olgan.
Tashrif davomida hamkorlik yuzasidan bir qator kelishuvlarga erishildi. Jumladan, kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro manfaatli harakatlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etdi. Ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish asosida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.
Bugun hamkorlikning natijasi o‘laroq birgalikda fundamental ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish, Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy tilini o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda Anxoy universitetida rus tili o‘qitilishini takomillashtirish, bu borada kadrlar almashinuvi va malaka oshirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Aytish kerakki, Xitoy O‘zbekiston bilan ko‘p tomonlama amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu ham aynan Xitoylik hamkorlarning O‘zbekistonga qiziqishining nihoyatda kuchli ekanligidan dalolat beradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: