Keyingi yillarda mamlakatimizda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qulay agrobiznes muhit va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, soha boshqaruvida investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish hamda qishloq xo‘jaligida ilm-fan yutuqlarini joriy qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, agrar sohada bozor munosabatlari bosqichma-bosqich joriy qilinyapti. Ayniqsa, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, resurs tejamkor texnologiyalar hamda sohaga ilmiy yondashuvlarning tatbiq etilishi yer unumdorligi va hosildorligini oshirmoqda.
Binobarin, Xorazm viloyati Gurlan tumanida joylashgan “Temurbek- Amirbek” fermer xo‘jaligi ham bunga misol bo‘la oladi. 1 gektar maydonni o‘z ichiga olgan issiqxonada bugun gidroponika usulida pomidorning 21 000 dona barakay navli ko‘chatlari yetishtirilmoqda. 1 gektar maydondan qariyb 130 tonna mahsulot olish reja qilingan
Aytish kerak, Gidroponika bu o‘simliklarni yetishtirish yangi va tejamkor usul hisoblanib, an’anaviy tuproq o‘rniga minerallarga boy suvdan ozuqa oladi. Ushbu tizimda o‘simlik ildizlari o‘simliklar uchun maqbul o‘sish muhitini ta’minlovchi tartibga solinadigan va nazorat qilinadigan tegishli ozuqa eritmasida saqlanadi. Bu usul hosildorlikni oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Fermer xo‘jaligi rahbari Jasurbek Husayinovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur issiqxonada yetishtirilayotgan pomidor asosan eksport qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, Rossiya va bir qator xorij mamlakatlariga yetkazib berish maqsad qilingan. Hozirda birinchi terim mahsulotlari terib olinayotgan issiqxonada 11 nafar doimiy ishchi xodim faoliyat olib boradi. Mahsulot bir yilda bir marta ekiladi, hosil esa, qariyb 5 marotaba yig‘ib olinadi.
Ushbu issiqxonaning ahamiyatli jihati shundaki, bu yerda ari uyalari ham mavjud bo‘lib, Turkiyaning Antaliya shahridan olib kelingan. Turkiyadan olib kelinishiga sabab esa, bu yerda yetishtirilayotgan mahsulotlarni hech qanday xatolarsiz, changlatishga qiladi. Inson resursisiz changlatishda “bio best” arilaridan foylanilayotgani ham hosildorlikni yuqori bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: