Bugun, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida qishloq xo‘jaligi sohasiga yangi investitsiyalarni jalb etish, loyihalarni jadallashtirish, agrar sohada xalqaro shartnomalarning samaradorligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda vazir o‘rinbosarlari, departament va boshqarma boshliqlari, mutasaddi xodimlar ishtirok etdi.
Video-konferens-aloqa shaklida tashkil etilgan yig‘ilishda Xitoy bilan hamkorlikda agrar sohada erishilgan kelishuvlar va loyihalar samaradorligini oshirish, bu boradagi hamkor tashkilotlar bilan samarali ishlash mexanizmini yo‘lga qo‘yish hamda ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha samarali chora ko‘rish masalasi muhokama qilindi.
Aytish kerak, O‘zbekistonda agrar sohani isloh qilish, unga bozor mexanizmlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Dunyo amaliyoti ham ayni usul samaradorligini isbotlab bo‘lgan. Tashkil etilgan yig‘ilishda ham ayni shu masalalar xususida so‘z yuritildi.
Vazir I.Abdurahmonov o‘z navbatida xorijiy davlatlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va savdo shartnomalari ijrosini jadallashtirish, jumladan, ishni to‘g‘ri va ratsional tashkil etishi natijasi yuzasidan hisobdorlikni amalga oshirish masalalarini o‘rtaga tashladi. Bunda eng asosiysi har bir rahbar bugun qanday yangi investitsiya jalb qilish mumkin, ularga qulay sharoit yaratib berilyaptimi kabi savollarga javob bera olishi va ishga mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi qayd etildi.
Shu bilan birga, barcha mas’ullar ishga mas’uliyat bilan yondashishi, majmuaviy boshqarmalar bilan hamkorlikda ish tashkil etishga mas’ul rahbar ayni jarayonga bevosita javobgar hamda natija ko‘rsatish zarurligi ta’kidlandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: