Endilikda paxta yetishtiruvchi shartnomada ko‘rsatilgan hajmdan ko‘p yetishtirilgan paxta xom-ashyosini shartnoma tuzmagan holda ham birja orqali tadbirkorga sotishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi yer ijarasi, fyuchers va kredit shartnomalarida ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajara olmasa, o‘z mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda fermer xo‘jaligiga mol-mulk qonunchiligiga muvofiq subsidiar javobgarlik yuklatiladi.
Joriy yil hosilidan boshlab, paxta xom ashyosini yetishtirish, paxta yig‘im terimi va xaridini qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi resurslari hisobidan moliyalashtiriladi.
Yangidan tashkil etiladigan respublika shtabi paxta hosilini sotib olish va sotish bo‘yicha yangi tizimning shaffofligi, to‘laqonli va adolatli ishlab ketishini hamda paxta yetishtiruvchi manfaatini ta’minlashda mas’ul hisoblanadi.
Paxta xom-ashyosini yetishtirishni moliyalashtirish ustidan nazorat qilish, saqlash, realizatsiya qilish, mahsulotlarni birja savdosiga chiqarish bilan ham shug‘ullanadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: