Xabar berib borayotganimizdek, Germaniyaning Berlin shahrida “Yashil haftalik — 2024” xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda. Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Germaniyaning Federal oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari o‘rtasida ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O’zbekiston hamda Germaniya o’rtasidagi qishloq xo’jaligi sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, qishloq xo’jaligida ilm-fan istiqbollari, ikki tomonlama hamkorlikning “Yo’l xaritasi”ni ishlab chiqish hamda bu borada ishchi guruh tuzish masalalari uchrashuvning asosiy muhokama mavzusiga aylandi.
Ko’rgazma davom etadi…
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: