Avval xabar berilganidek, Germaniyaning Berlin shahrida “Yashil haftalik — 2024” xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda.
Ko’rgazma doirasida Qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Latviya qishloq xo‘jaligi vaziri Armands Krauze o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda qishloq xo’jaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida ishchi guruh tuzish hamda qishloq xo’jaligida ilm-fan bo’yicha hamkorlik qilish, xususan qishloq xo’jaligi yo’nalishida tahsil olayotgan ikki davlat talabalarini amaliyot o’tash uchun o’zaro almashinuv jarayonlarini amalga oshirish va bu orqali O’zbekiston hamda Latviya o’rtasida tajriba almashish imkonini yaratish imkoniyatlari ko’rib chiqildi.
Yakunda yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi hamda mas’ullarga bu borada ishchi guruh faoliyatini maqbullashtirish borasida topshiriqlar berildi.
Ko’rgazma davom etadi…
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: