Ayni daqiqalarda Germaniyaning Berlin shahrida “Yashil haftalik — 2024” xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda.
Ko’rgazma doirasida O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Vengriya qishloq xo’jaligi vaziri o’rinbosari Jolt Feldman o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda chorvachilik yo’nalishida hamkorlik aloqalari, kartoshkachilik, xususan kartoshkani O’zbekiston iqlim sharoitiga mos navlarini yetishtirish bo’yicha muzokaralar olib borildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomon vakillari o’zaro hamkorlikning istiqbollari hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan fikrlar almashdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: