Germaniyaning Berlin shahrida bir necha yillardan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan xalqaro “Yashil haftalik — 2024” ko‘rgazmasi joriy yil ham boshlanish arafasida. Joriy yilning 19-28-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazma arafasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya vakillari so‘nggi tayyorgarlik ishlarini yakuniga yetkazib, “Uzbekistan” pavilionini ko‘rgazmaga tayyor holatga keltirdi.
Yashil haftalik — bu oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilik bo‘yicha xalqaro ko‘rgazma hisoblanadi.
Bu yerda dunyoning turli burchaklaridan oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchilari tashrif buyurib, ko‘rgazma maydonida o‘z mahsulotlarini namoyish etishadi. Ko‘rgazmada ishtirokchilar o‘z mahsulotlarini sinovdan o‘tkazadi, uning odamlar uchun qiziqarli yoki aksincha ekanini tahlil qiladi.
“Yashil haftalik — 2024” ko‘rgazmasi doirasidagi barcha yangiliklar vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali doimiy ravishda berilib boriladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: