Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
– Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida yer maydonlarini foydalanishga kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
– konsepsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini taʼminlash hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
– konsepsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini monitoring qilish va zaruriy choralarni ko‘rib borish;
– foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni bosqichma-bosqich qayta foydalanishga kiritish, yer osti suv zaxiralaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ichki irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish orqali suv yo‘qotilishini kamaytirish, shuningdek, bu ishlarda salohiyatli investorlar ishtirokini taʼminlash;
– qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona va samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
– qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirishni tashkil etish;
– qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish, uni tasarruf etish bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy xujjatlarini zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
– yerdan foydalanish darajasi pastligining asosiy sabablarini aniqlash ishlariga rahbarlik qilish;
– qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchilar va yer egalarini iqtisodiy rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
– qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilishni tashkil etish;
– yer tuzish va yer munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
– tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarining meʼyoriy qiymatini aniqlash, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirishni tashkil etish;
– suv resurslarini boshqarish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suvlarning zararli taʼsirini oldini olish va tugatish sohasida davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritish;
– hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini suv resurslari bilan barqaror va oqilona taʼminlash choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar kiritish;
– suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanish uchun javobgarligini kuchaytirish, suvdan foydalanish madaniyati darajasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va tegishli vazirliklarga kiritish;
– suvdan foydalanish, suvni boshqarish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish;
– metrologiya sohasida O‘zgidromet markazi xizmati bilan hamkorlik qilish.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: