Quyidagilar Bosh boshqarma boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi.
Bosh boshqarma faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qilish,
Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish, jumladan bosh boshqarmaga yuklatilgan vazifalarni xodimlar o‘rtasida taqsimlash;
Bosh boshqarma xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 aprelda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi PQ–2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
12 yanvarda “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun bosh boshqarma xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
vazirlik hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Bosh boshqarmaning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar
va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Bosh boshqarma faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun rahbariyatga kiritish;
vakolat doirasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining
Bosh boshqarma tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, boshqa tarkibiy tuzilmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini vazirlik rahbariyatiga kiritilishidan oldin boshqarma manfaatlarini inobatga olib ko‘rib chiqish va munosabat (viza qo‘yish) bildirish;
Bosh boshqarma xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martda “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-ahloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
62-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan buyruqqa asosan bosh boshqarma xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy Nizomda belgilangan muddat hamda tartibda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan kelib tushgan barcha murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda Qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, boshqarma tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Bosh boshqarmada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda rahbariyatga takliflar taqdim etish, professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, bosh boshqarmada kadrlar zahirasini shakllantirish;
Bosh boshqarma Nizomi va Ish rejasi asosida uning ish tarzi
va uslublarini takomillashtirish, ijro intizomini mustahkamlash
chora-tadbirlarini belgilash va amalga oshirish;
vazirlikda amalda bo‘lgan tartib va yo‘riqnomalarga muvofiq bosh boshqarmada ish yuritishni tezkor, aniq va to‘g‘ri olib borilishini taʼminlash;
Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirlikning boshqa bosh boshqarma va boshqarmalari bilan zaruriy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda, ularning ijrosini tashkil etish va nazorat qilishda ishtirok etish;
vazirlik hayʼati va markaziy apparati, vazirlik rahbariyati huzuridagi yig‘ilishlar hamda kengashlarda, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralar tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalarni tayyorlashda va muhokama qilishda qatnashish;
Bosh boshqarmadagi bo‘sh lavozimlarga nomzodlar yuzasidan hamda Bosh boshqarmada faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish, shuningdek, mehnat va ijro intizomi qoidalarini buzilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari bo‘yicha vazirlik rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
kelib tushgan va Bosh boshqarma tomonidan chiqarilgan hujjatlar, shuningdek, rahbariyatning Bosh boshqarma faoliyatiga tegishli buyruqlari (qarorlari), farmoyishlarini, shu jumladan, faoliyatga oid normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini belgilangan tartibda yuritish, saqlanish va nazorat holatida bo‘lishini taʼminlash choralarini ko‘rish;
yer va suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish bo‘yicha Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Ekologiya va atrof-muhutni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshiradi;
vazirlikning tegishli boshqarmalari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari, mutasaddi vazirlik
va idoralar bilan qishloq xo‘jaligida foydalanadigan yerlardan samarali foydalanish hamda xududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlariga asosan tuproq, iqlim sharoiti va qishloq xo‘jaligi ekinlarining navlari xususiyatidan kelib chiqib oqilona joylashtirish Dasturlarini ishlab chiqadi;
qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘zlashtirish, foydalanishdan chiqqan yerlarni qayta o‘zlashtirish, tuproq unumdorligini, shuningdek yerlarning boshqa xossalarini qayta tiklash va oshirish bo‘yicha Davlat dasturlarini shakllantiradi;
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni muhofaza qilish, yer hisobini yuritish va unumdorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etishda vazirilikning tegishli boshqarmalari bilan hamkorlik qiladi;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishda yerga oid qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etishga va yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati tomonidan, yuridik va jismoniy shaxslar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni tayyorlaydi;
qishloq xo‘jaligida yerga oid qonun hujjatlari buzilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash haqida aybdor mansabdor shaxslarni
va fuqarolarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati tomonidan tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga taqdimnomalar yo‘llash va materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etishni taʼminlaydi;
suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish bo‘yicha Suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirish;
suv resurslarini oqilona boshqarish, suvdan samarali va tejamli foydalanish, suvning hisob-kitobini takomillashtirish va suv taʼminotini oshirish borasidagi ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va konstruktorlik ishlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, ularni tashkil etadi
va muvofiqlashtiradi hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etilishiga ko‘maklashish;
meteorologik maʼlumotlarni, shu jumladan, yer usti suvlariga (tabiiy suv oqimlari) oid prognoz ko‘rsatkichlarini “O‘zgidromet” markazidan olish
va tahlil etish;
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida vakolat doirasidagi vazifalar ko‘rib chiqilishi va muhokama etilishi jarayonida vazirlik vakili sifatida ishtirok etish.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: