Qashqadaryoliklar yerdan samarali foydalanishning hadisini olganlardan. Qay bir tumaniga bormang, bir qarich yeriga ham mahsulot yetishtirayotganiga guvoh bo‘lasiz, qovun deysizmi, tarvuz yoki handalak, qo‘yingki, bodring-pomidor sanab sanog‘iga yetolmaysan kishi.
Birgina Shahrisabz tumani “Shanbe” mahallasida 728 xonadon istiqomat qilsa, ularning 100 ga yaqini o‘z xonadonida issiqxona barpo etgan qolgan aholi ham tomorqasida piyoz, ko‘kat, kartoshka va shu kabi mahsulotlar yetishtirib tuman aholisini sifatli oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlash yo‘lida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Jumladan, Shahnoza Botirova ham 8 sotixlik tomorqasidan unumli foydalanib kelayotganlardan.
“Tomorqamizning 4 sotixi issiqxona, u yerga yilda bir marta ko‘kat, ikki marta bodring ekamiz, qolgan 4 sotix maydonga esa, sarimsoq ekilgan. Daromadimiz shundan. Yilda uch martagacha hosil olaman. Uch bolam ham oliy o‘quv yurti talabasi. “Hammasi mana shu halol mehnat orqasidan”. Bo‘sh qoldim deguncha tomorqamga yuguraman. Yerning har bir qarichidan unumli foydalanishga harakat qilaman”, deydi u.
Yer bilan tillasha olgan tadbirkor, bu yil o‘z yeridan ko‘proq daromad topish umidida. Zero, yer – xazina. Uning har bir qarichidan samarali foydalanilsa, daromad shuncha oshadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: